Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi 33 yoshli I.N. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 12 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 27 yoshli D.X. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.X. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola)ni jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.X.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.