O‘zbekistonda Bauman nomidagi MDTU filiali ochiladi 

O‘zbekiston 19:06 / 24.05.2024 2960

O‘zbekistonda N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (MDTU) filiali ochiladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasev ma’lum qildi. 

U Toshkentda o‘tkazilayotgan «Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida oliy texnik ta’limning istiqbollari» mavzusidagi konferensiyada shu haqda gapirdi. Unda Rossiya va O‘zbekistondagi 50 ta muhandislik-texnika oliy o‘quv yurtlari rektorlari, kafedralar va ilmiy markazlar rahbarlari ishtirok etmoqda. 

«Yaqin kelajakda [O‘zbekistonda] filiallar tarmog‘ini ochmoqchi bo‘lganlar qatoriga Bauman universiteti ham kiradi. Filialni tashkil etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi...», dedi Afanasev. 

MDTU Rossiyaning eng ko‘hna ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, 1830 yilda ochilgan. Unda 22 mingga yaqin talaba ta’lim oladi, 70 dan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2024 yilda MDTU Rossiya universitetlarining umumiy reytingida 6-o‘rinni egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: