O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YeI maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston 11:02 / 24.05.2024 2529

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.

"Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala xonim va uning jamoasi bilan uchrashishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibi bo‘yicha fikr almashildi.

"Bugungi kunda Markaziy Osiyo tobora o‘zaro bog‘liqlik va umumiy farovonlikka birgalikda intilmoqda va xorijiy sheriklar uchun jozibadorligini oshirmoqda. Biz xalqaro miqyosda mustahkam aloqalarni o‘rnatishda mushtarak sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini olqishlaymiz", deydi Baxtiyor Saidov.

2021 yil 1 iyul kuni tajribali fin diplomati Terxi Xakala Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan edi. U besh yillik mandati 2021 yil 30 iyunda yakunlangan slovak diplomati Piter Burianning o‘rnini egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: