O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasi yangi rahbari bilan telefonlashdi
TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Press-slujba prezidenta
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili — Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan telefon orqali muloqot qildi.
Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, ikki mintaqa o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
«Ko‘plab natijalarga erishdik, hali oldimizda yanada kengroq imkoniyatlar mavjud. Bu yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi sammitini intiqlik bilan kutmoqdamiz», — dedi Baxtiyor Saidov.
Kaya Kallas o‘tgan yilning o‘rtalarida bu lavozimga tasdiqlangan va 1 dekabrdan o‘z vazifasini boshlagan edi. Bu O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Yevropa diplomatiyasining yangi tayinlangan rahbari o‘rtasidagi ilk telefon muloqoti bo‘ldi.
Mavzuga oid

21:34 / 21.02.2025
Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi

21:14 / 19.02.2025
Estoniya va Gurjistonning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

09:02 / 31.01.2025
Kaya Kallas: Yevropa Ittifoqi va AQShning Ukrainadagi urushga qarashlari bir xil

08:52 / 29.01.2025