Bu haqda Viskonsin universitetidan fan doktori Behzod Hoshimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
“Do‘stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam – Botir Kobilov bugun Harvard universitetidan doktorlik unvonini oldilar.
Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo‘lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi”, deb yozdi Behzod Hoshimov.
Botir Qobilov – iqtisodchi, avvalroq AQShning Dyuk universitetida iqtisodiyot magistri darajasini olgan. U Uzbekonomics Telegram-kanali muallifi, shu nomdagi podkastlar hammuallifi hisoblanadi. Qobilov jamoatchilik faoli sifatida qator mavzularda o‘z mulohazalarini bildirib keladi.