Fridman Lyuksemburgdan qariyb 16 mlrd dollar talab qilmoqda

Jahon 07:47 / 23.05.2024 4603

Rossiyalik milliarder va «Alfa-Grupp» egalaridan biri Mixail Fridman Lyuksemburg hukumatiga Yevropa Ittifoqi sanksiyalari doirasida uning aktivlarini musodara qilgani uchun 15,8 milliard dollar tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralarni boshlashni taklif qildi. Bu haqda 22 may, chorshanba kuni ikki manbaga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Fridman tomonidan ko‘rsatilgan summa muzlatilgan aktivlar qiymatining taxminiy bahosidir: sanksiyalar tufayli rossiyalik tadbirkor Yevropa Ittifoqi ekspertlari xizmatlaridan foydalana olmaydi, uning Lyuksemburgdagi kompaniyalariga esa u bilan moliyaviy ma’lumotlarni bilan bo‘lishish taqiqlanadi.

Fridman aktivlarni muzlatishni noqonuniy deb hisoblaydi 

Fridmanning fikricha, Lyuksemburg aktivlarini muzlatib, SSSR (va uning huquqiy vorisi sifatida Rossiya) bilan tuzilgan investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi 1989 yilgi shartnomani buzgan. «Vedomosti» manbalarining aniqlik kiritishicha, rossiyalik tadbirkor fevral oyida Lyuksemburg rasmiylariga taklif yuborgan, biroq hozircha javob olmagan. Agar u tovon to‘lashdan bosh torsa, Fridman BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasiga yoki Stokholm arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi. 

Mazkur hujjatga ko‘ra, bir tomon investorlarining boshqa davlat hududidagi sarmoyalari ekspropriatsiya qilinishi mumkin emas, qaror davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan va kamsituvchi bo‘lmagan hollar bundan mustasno. 

YeI sudi Fridmanga nisbatan sanksiyalarni qisman bekor qildi

Yevropa Ittifoqi «Alfa-Grupp» konsernining egalari Mixail Fridman va Pyotr Avenga mamlakat ma’muriyati bilan «kuchli aloqalari» uchun shaxsiy sanksiyalar kiritdi. 2024 yil aprelida Fridman va Aven YeI sudida ularga nisbatan joriy qilingan dastlabki sanksiyalarga qarshi chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Sud hujjatida aytilishicha, Fridman va Aven Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid soluvchi harakatlarni qo‘llab-quvvatlaganliklari haqida hech qanday dalil yo‘q.

Shu bilan birga, Aven va Fridmanga nisbatan sanksiyalar amal qilmoqda. sud faqat 2022 yil 28 fevraldan 2023 yil 15 martgacha bo‘lgan davrda ularga nisbatan cheklov choralarini bekor qildi.

Ko‘proq yangiliklar: