Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng qimmat futbol klubi ma’lum bo‘ldi
«Real Madrid» qatorasiga uchinchi marta reyting cho‘qqisini egalladi.

Foto: Getty Images
Ispaniyaning «Real Madrid» klubi ketma-ket uchinchi yil eng qimmat klublar reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubining qiymati 6,6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu mavsumda klub Ispaniya chempioni bo‘ldi va Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylanishi mumkin. 1 iyun kuni finalda madridliklarga Dortmundning «Borussiya» klubi raqib bo‘ladi. «Real Madrid» 1981 yildan beri Chempionlar Ligasi finalida mag‘lub bo‘lmayapti. Shu bilan birga, sayyoramizning eng qimmat futbolchisi hisoblangan fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe yozda «Real»ga o‘tishi kutilmoqda.
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi (6,55 milliard dollar) Angliya chempionatida 1990 yildan beri eng yomon ko‘rsatkichga erishganiga qaramay, reytingda ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Jamoa Premiyer-ligada sakkizinchi o‘rinni egalladi va Yevrokuboklar hududiga kirmadi, ammo Angliya kubogi finalida «Manchester Siti»ni mag‘lub etgan taqdirda Yevropa Ligasida o‘ynashi mumkin.
Uchinchi o‘rinni joriy mavsumda birorta sovrin yuta olmagan «Barselona» (5,6 milliard dollar) saqlab qoldi. Yuqori o‘ntalikda shuningdek, Angliyaning «Liverpul» (5,4 milliard dollar), «Manchester Siti» (5,1 milliard dollar), Germaniyaning «Bavariya» (5 milliard dollar), Fransiyaning «PSJ» (4,4 milliard), Angliyaning «Tottenhem» (3,2 milliard dollar), «Chelsi» (3,1 milliard dollar) va «Arsenal» (2,6 milliard dollar) klublari bor.
Italiya chempionati klublari yuqori o‘ntalikka kira olmadi. «Yuventus» klubi (2,05 milliard dollar) 11-o‘rinni, «Milan» (1,4 milliard dollar) 14-o‘rinni, «Inter» (1 milliard dollar) 18-o‘rinni egalladi.
Angliya yuqori o‘ttiztalikda eng ko‘p vakilga ega (12 klub), undan keyingi o‘rinlarda Amerikaning MLS (9), Ispaniya, Italiya (ikkalasi ham 3), Germaniya (2) va Fransiya (1) chempionati bormoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:54 / 12.02.2025