Toshkent shahrida 25 may kuni maktab bitiruvchilari uchun So‘nggi qo‘ng‘iroq kuniga bag‘ishlangan konsert tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, tadbir o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar va do‘stlarni o‘quv yili yakunini nishonlash uchun jamlaydi.
Tashkilotchilar: Toshkent shahar hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi.
Konsert dasturidan musiqiy chiqishlar, dronlar shousi, DJ-battl va retro chiqishlar o‘rin olgan.
Tadbir 25 may kuni Xalqlar do‘stligi maydonida tashkil etiladi.