Rossiyaning eng yaxshi konkichilaridan biri O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Sport 21:40 / 22.05.2024 5312

Rossiyalik konkichi Danila Semerikov «Match TV» telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tish niyatida ekanini aytdi. 29 yoshli sportchining so‘zlariga ko‘ra, unga o‘tgan yili shu haqdagi taklif tushgan. 

«Sportdagi yagona maqsadim – musobaqalarni davom ettirish va xalqaro musobaqalarga qaytish. Bu aniq maqsad va men taklifga rozi bo‘lib, ushbu mamlakat terma jamoasi uchun kurashishga qaror qildim», dedi sportchi. 

Semerikov - Jahon chempionatining 4 karra bronza medali (uch marta jamoaviy poygada va bir marta 10 000 m masofada), Yevropa chempionatining uch karra sovrindori (jamoa poygasida ikkita kumush va ommaviy musobaqada bronza), Rossiyaning ko‘p karra chempioni hisoblanadi. 

Rossiyalik konkichilar hozir xalqaro sport musobaqalaridan chetlatilgan. 

2023 yilda rossiyalik konkichi, jahon chempionatining ko‘p karra sovrindori Yelizaveta Golubeva Qozog‘iston fuqaroligini, Rossiya chempioni Vladimir Semirunniy esa Polsha fuqaroligini olgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: