«Doimiy monitoring hatto yagona yangi genovariantlarni aniqlash imkonini beradi. Butun monitoring davrida 178 ta yangi FLiRT varianti aniqlandi, jumladan KP.2 (uchta holat), KP.1.1 (beshta holat), KS.1 (170 ta holat). Ularning barchasi uning boshqa turlaridan kattaroq xavf tug‘dirmaydi», — deyiladi departamentda.
Shu bilan birga, avvalgidek, butun dunyoda bo‘lgani kabi, omikron varianti ustunligicha qolmoqda, deya aniqlik kiritdi matbuot xizmati.
FLiRT variantlarining belgilari omikroniga o‘xshaydi - isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, holsizlik, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, ta’m yoki hid sezishning yo‘qolishi.
Rospotrebnadzorning ta’kidlashicha, dam olish kunlaridan so‘ng, Rossiyada Covid-19 bilan kasallanishning oldindan taxmin qilingan o‘sishi qayd etildi, chunki odamlar bayramlarda bir-birlari bilan tez-tez aloqada bo‘lishadi.
Mutaxassislar profilaktika choralarini e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirdi - qo‘llarni tez-tez yuvish, binolarda havo aylanishini ta’minlash, ish joylari va gajyetlarni dezinfeksiya qilish, kasallik belgilari bo‘lgan odamlar bilan aloqa qilmaslik.
Avvalroq, departament xalqaro GISAID ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, turli mamlakatlarda FLiRT variantlari bilan bog‘liq yangi KP.2 liniyasining ko‘payishi kuzatilganini ta’kidladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, KP.2 butun dunyoda dominant turga aylanishi mumkin.