Isroil: G‘azo sektoridagi tunnellarda garovga olinganlarning jasadi topildi
Isroil askarlari o‘tgan hafta Germaniya va Isroil fuqarolari Shani Luk va yana uch nafar garovga olinganlarning jasadlarini topdi. Endi bu jasadlar topilgan operatsiya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Foto: Mahmoud Issa/Keystone Press Agency/Global Look Press
O‘tgan hafta G‘azo sektorida topilgan Germaniya va Isroil fuqarosi Shani Luk va yana uch nafar garovga olinganning jasadi Falastin mintaqasi shimoliy qismidagi Jyebaliya shahri ostidagi tunnellardan topildi. Isroil askarlari harbiy amaliyot chog‘ida tunnel shaxtasi borligi ma’lum bo‘lgan shubhali binoni tintuv qildi, deb xabar berdi Isroil armiyasi 20 may, dushanba kuni kechqurun.
Kechasi amalga oshirilgan operatsiya davomida askarlar tunnelga tushib, jangga kirishgan. Jang paytida ular garovga olinganlarning jasadlarini topib, ularni yer yuzasiga olib chiqdilar.
O‘tgan hafta Isroil harbiylari G‘azo sektorida Shani Luk, Ron Benyamin, Itsxak Gelerenter va Amit Buskila jasadlari topilganini ma’lum qilgan edi. Ular 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga qilgan hujumida halok bo‘lgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 35 yarim mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid

19:11 / 14.03.2025
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi

14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025