Bayden Trampni «Hitler ritorikasidan» foydalanganlikda aybladi

Jahon 12:54 / 22.05.2024 3380

AQSh yetakchisi Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun nomzod Donald Trampni ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bahsli videoklip bilan tufayli «natsistlar ritorikasidan» foydalanganlikda yana aybladi. Oq uy rahbari 21 may, seshanba kuni e’lon qilingan saylovoldi tashviqoti videosida Tramp Amerika emas, «Hitler tilidan» foydalanmoqda, dedi.

Videoda Bayden qo‘lidagi telefonga qarab, videoklip haqida gapiradi: «Bu uning rasmiy akkauntidami? Voy». Trampni qo‘llab-quvvatlovchi videoda u g‘alaba qozongan taqdirda e’lon qilinadigan gazeta sarlavhalari ko‘rsatilgan. Ularda, jumladan, iqtisodiyotning gullab-yashnashi, yopiq chegaralar va mamlakatning «birlashgan Reyx»ga aylanishi haqida so‘z yuritilgan. Video 21 may kuni tushdan keyin Tramp tomonidan yaratilgan Truth Social ijtimoiy platformasida joylashtirilgan va taxminan 19 soatdan keyin o‘chirib tashlangan.

Jo Bayden, shuningdek, Bostondagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida Trampni tanqid qilib, uning ikkinchi prezidentlik muddatidan kelib chiqadigan tahdid birinchisidan ko‘ra jiddiyroq ekanini aytdi, chunki u, Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «aqldan ozgan» va yo‘qotilgan 2020 prezidentlik saylovlari uchun qasosga berilib ketgan.

Tramp atrofidagilarning munosabati 

Sobiq prezidentning yaqinlari bahsli videoklip o‘chirilganini tasdiqlashdi. Tramp shtabi vakilining ta’kidlashicha, bu video kampaniya videosi emas, balki «aftidan, bu so‘zni payqamagan» xodim tomonidan Truth Social platformasida tarqatilgan. 

«Reyx» so‘zi odatda Adolf Hitlerning natsistlar «uchinchi Reyx»i bilan bog‘lanadi, biroq bu holatda u 1871 yilda Germaniya imperiyasining tashkil topishiga ishora qiladi, deb yozadi AQSh OAV. Matn birinchi jahon urushi haqidagi Vikipediya maqolasidan ko‘chirilgan ko‘rinadi.

Videoklip avvaldan tayyorlangan gazeta niqobi yordamida yaratilgan bo‘lib, undan internetdagi boshqa kliplarni ham yozib olishda foydalanilgan. Ushbu videodagi boshqa gazeta sarlavhalari ham Birinchi jahon urushiga ishora qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: