Shengen vizasini rasmiylashtirish uchun to‘lov qiymati oshadi

Jahon 18:46 / 21.05.2024 10230

11 iyundan boshlab Shengen vizasi uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi. Bunday ma’lumotlar Sloveniya tashqi va Yevropa ishlari vazirligi saytida keltirilgan. 

Qayd etilishicha, qisqa muddatli Shengen vizasi (S tipi) uchun yig‘im miqdori 12 foizga oshadi. 

«Yangi Shengen vizasi to‘lovi kattalar uchun 90 yevro (12 yoshdan oshgan viza talabgorlari) va 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 45 yevro. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul bo‘lib qoladi», deyiladi xabarda. 

Yevropa Komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Shengen hududi uchun viza to‘lovlari ko‘paygan taqdirda ham, boshqa mamlakatlarga nisbatan past. Masalan, AQSh vizasi narxi 172-185 yevro, Buyuk Britaniyaniki 134 yevro, Kanadaniki 130 yevro, Avstraliyaniki 117 yevroga teng. 

Ko‘proq yangiliklar: