BMT Zelenskiyning vakolat muddati tugashiga qaramay, prezident deb hisoblashda davom etadi

Jahon 19:02 / 21.05.2024 4901

BMT Volodimir Zelenskiyni Ukraina prezidenti deb hisoblashda davom etadi, garchi uning davlat rahbari sifatidagi vakolati rasman 20 may kuni tugagan bo‘lsa-da. Bu haqda BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik ma’lumot berdi. 

«Prezident Zelenskiy biz uchun Ukraina davlat rahbari va bosh kotib Ukraina rahbari bilan bog‘lanish zarurati tug‘ilganda muloqot qiladigan shaxs bo‘lib qoladi», dedi u. 

Zelenskiy 2019 yilda Ukraina prezidenti etib saylangan va o‘sha yilning 20 may kuni lavozimiga kirishgan. Ukraina rahbari besh yil muddatga saylanadi, saylov 2024 yil mart oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra, harbiy holat sharoitida ularni o‘tkazish taqiqlangan. Harbiy holat 2022 yil fevralidan beri amal qiladi. 

2023 yil noyabrida Oliy Radadagi fraksiya rahbarlari memorandum imzolagan, unga ko‘ra saylov mamlakatdagi janglar tugaganidan keyingina o‘tkazilishi mumkin. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi raisi Oleg Didenko harbiy holatni inobatga olgan holda Ukraina rahbarining 20 maydan keyingi vakolatlari avtomatik ravishda yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar uzaytirilishini aytdi. Buni adliya vaziri Denis Malyuska ham tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: