Toshkentda Leningrad mahsulotlarini namoyish etish uchun ko‘rgazma zali ochilishi mumkin

O‘zbekiston 08:35 / 20.05.2024 1154

O‘zbekiston bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov Leningrad viloyati tadbirkorlari bilan uchrashdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, muammolar va salohiyatli biznes sheriklarning takliflari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning afzalligi, qulay hududiy joylashuv, Markaziy Osiyo davlatlari bozorlariga chiqish imkoniyatlari ta’kidlandi.

Muhokama uchun ko‘tarilgan yana bir dolzarb masala Toshkent shahrida Leningrad mahsulotlarini namoyish etish va mahalliy tadbirkorlardan hamkorlar izlash uchun ko‘rgazma zalini ochish bo‘ldi. Shu munosabat bilan Leningrad viloyati sanoatni rivojlantirish markazi bosh direktori Vera Shtokaylo diplomatlardan O‘zbekiston poytaxtida tegishli bino tanlashda yordam berishni so‘radi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonga Leningrad viloyati ishbilarmonlar missiyasini yuborish masalasini ishlab chiqish va boshqa qator iqtisodiy sheriklik masalalari bo‘yicha muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: