Rossiya Xarkivdagi dam olish bazasini o‘qqa tutdi. Urush suratlari

Jahon 16:23 / 20.05.2024 12245

Ukrainada urushning 816-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina harbiy-havo kuchlari Qora dengizda rossiyaliklarning «Kovrovets» nomli tralchisi (dengiz ostini minalardan tozalovchi kema) cho‘ktirib yuborilgani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni rasman izoh bermagan.
  • Ukrainlarning pilotsiz uchish qurilmalari Krasnodar o‘lkasidagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi, shundan keyin mazkur korxona faoliyati to‘xtagan. Shuningdek, Leningrad oblastidagi neftni qayta ishlash zavodiga ham hujum uyushtirilgan.
  • Rossiya qo‘shini Xarkiv chekkasidagi Cherkasskaya Lozovaya qishlog‘ida joylashgan dam olish bazasiga hujum qilgan. Yetti kishi halok bo‘lib, yana 28 kishi jarohat olgan.
  • Belgorodda dron portlashi oqibatida 11 yoshli qiz jarohatlangan, u shifoxonaga yotqizilgan.

Xarkiv oblastida dam olish bazasi o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 19 may kuni soat 11:00 atrofida Xarkiv oblastidagi Cherkasskaya Lozovaya qishlog‘ida joylashgan dam olish bazasi bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Taxminan 10 daqiqa o‘tib bazaga yana bir raketa uchirilgan. Region rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, qishloq «Iskander-M» raketa kompleksidan o‘qqa tutilgan. Avvaliga besh kishi o‘limi haqida xabar berilgandi, keyin esa Xarkiv oblasti prokuraturasi shifoxonada jabrlanganlardan yana biri — 68 yoshli erkak vafot etganini ma’lum qildi. 20 may kuni yana bir kishi jasadi topildi — 51 yoshli erkak bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgandi.

Cherkasskaya Lozovaya qishlog‘idagi dam olish bazasida vayrongarchilik
Evgeniy Maloletka / AP/ Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov 20 may kuni tongida bergan ma’lumotga ko‘ra, zarba oqibatida tez yordam xizmatining ikki xodimi ham jarohatlangan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti prokuraturasi Ukraina jinoyat kodeksining urush qonunlari va urf-odatlarini buzish haqidagi modda bo‘yicha tekshiruv boshlagan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi dam olish bazasida raketa zarbasi qurbonlaridan birining jasadi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti prokuraturasiga ko‘ra, qurbonlar orasida — homiladorlikning yettinchi oyida bo‘lgan ayol ham bor
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Dam olish bazasi xodimlaridan biri — 51 yoshli ishchi — bir kundan ortiq vaqt davomida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgandi. Zarba vaqtida u baliq ovlayotgan bo‘lgan, uning jasadini 20 may kuni g‘avvoslar topishgan, deb xabar beradi oblast prokuraturasi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

RF qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi artilleriyasi

Rossiya qo‘shini frontning bir qancha uchastkalari bo‘ylab yurish qilmoqda. Ukraina mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan DeepState manbasiga ko‘ra, RF qo‘shini Donetsk, Zaporijjya va Xarkiv oblastlarida o‘nga yaqin aholi yashash manzillari yo‘nalishida harakatlanmoqda. Janglar Rossiya qo‘shini qisman egallagan Xerson oblastida ham davom ettirilmoqda.

Xerson oblastida Rossiya qo‘shinlarining «Dnepr» guruhi joylashtirilgan
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
«Dnepr» jangchilari boshqa qurollar qatorida 2A36 «Giatsint-B» yirik kalibrli zambaraklardan ham foydalanmoqda
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Rossiya qo‘shini «Giatsint-B» qurollaridan Xerson shahrini ham o‘qqa tutib kelmoqda
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia

Xarkivda donorlardan qon yig‘ilishi

Donorlar qon topshirishi — jang maydonida jarohatlangan harbiylar yoki harbiy harakatlardan jabr ko‘rgan tinch aholi vakillariga yordam ko‘rsatish usullaridan biridir. Qon topshirish punktlari faoliyati butun Ukraina bo‘ylab, jumladan ayni vaqtda Rossiya qo‘shini muntazam ravishda zarba berayotgan Xarkivda ham yo‘lga qo‘yilgan. «Siz qoningiz bilan jang qilishingiz mumkin», — Xarkivdagi Qon markazining instagramdagi sahifasida shunday shior va quyidagi suratlar keltirilgan.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: