Qulupnayni tuzli suvda chayib iste’mol qilgan yaxshi – mutaxassis

O‘zbekiston 14:38 / 20.05.2024 7242

Bahor-yoz oylarida qulupnay mavsumi boshlangan. Ayni kunlarda kattalar va ayniqsa bolalar o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining ko‘payishi avj oladi. Bunday mavsumda qulupnayni qay holatda iste’mol qilish kerakligi haqida Sanepid Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza Rasulova ma’lumot berdi.Ko‘cha-ko‘yda transport qatnovi gavjum joyda, yo‘l yoqalarida qulupnaylarni sotib turishadi. Tashqi muhitda turli xil mikroorganizmlar, virus yoki zaharli moddalar bor. Aynan mashinalar o‘tish joyida chang-to‘zon ko‘tariladi va u ho‘l mevalarga kelib yopiriladi. Qayerda turishidan qat’i nazar qulupnayni tatib ko‘rish mumkin emas. Agar mazasiga shubha qilinsa, albatta, yuvib tatib ko‘rish kerak”, – deydi Dilfuza Rasulova.

Mutaxassis qulupnaylarni iloji boricha tuzli suvda 5 minut solib qo‘yib, keyin chayib tashlab iste’mol qilish kerakligini ta’kidladi. Bu orqali nafaqat o‘tkir yuqumli kasalliklar, balki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaruvchi gelmintlardan ham xalos bo‘lish mumkin. “Chunki qulupnay yerda o‘sadi. Tabiiyki, tuproqda turli bakteriya va gelmintlarning urug‘i ham bo‘lishi mumkin. Tuzli suv esa ularning hatto tuxumlari ham yo‘q bo‘ladi”, – dedi Sanepid mutaxassisi.

Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda qulupnayni iste’mol sodasi bilan yuvish ko‘rsatilgan videolarga ham izoh berib, bu usuldan foydalanishni tasviya qilmasligini aytdi. “Iste’mol sodasi ishqor bo‘lgani uchun qulupnayni yuvishda undan foydalanishni tavsiya qilmayman. Undan ko‘ra, o‘tkir yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun farzandarimizga qulupnayni murabbo shaklida bergan ma’qul”, – dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: