JSST dori vositalariga chidamli bakteriyalar ro‘yxatini yangiladi

Jahon 17:35 / 20.05.2024 1824

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2024 yil uchun yangilangan bakterial patogenlarning ustuvor ro‘yxati (BPPL)ni e’lon qildi. Unga antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning 15 oilasi kiritilgan bo‘lib, ular muhim, yuqori va o‘rta ustuvor guruhlar bo‘yicha tasniflangan. Ro‘yxatda mikrobga qarshi preparatlarga chidamlilik (MQCh) tarqalishini to‘xtatish uchun yangi va kerakli davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

SSVga ko‘ra, MQCh bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va parazitlarga dorilar ta’sir qilmay qolganda vujudga keladi va bu bemorlarda kasallikni og‘irlashtiradi, shuningdek, uning tarqalish va o‘lim xavfini oshiradi.

Ta’kidlanishicha, odatda MQCh mikroblarga qarshi vositalarni noto‘g‘ri va haddan tashqari ko‘p ishlatish tufayli kelib chiqadi. Yangilangan BPPL ro‘yxati yangi antibiotiklarni tadqiq qilish va ishlab chiqishda innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun xalqaro muvofiqlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi ma’lumotlar va ekspertlar xulosalarini o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, ro‘yxat birinchi bo‘lib 2017 yilda shakllantirilgan edi. O‘shandan buyon mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik xavfi ortib, bu ko‘plab antibiotiklar samaradorligining pasayishiga olib kelgan va zamonaviy tibbiyotdagi qator yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin. “Mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik sil kasalligi kabi hayot uchun xavfli infeksiyalarni samarali davolash imkoniyatiga tahdid solmoqda. Bu esa kasallikning og‘ir kechishiga va o‘lim holatlarining ortishiga olib keladi”, – degan JSST Bosh direktori yordamchisi Jyerom Salomon.

Ko‘proq yangiliklar: