Isroil Raisiy o‘limiga aloqadorligini rad etdi 

Jahon 19:01 / 20.05.2024 11917

Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyot halokatida hayotdan ko‘z yumishiga Isroilning aloqasi yo‘q. Bu haqda 20 may kuni Reuters agentligiga bergan izohida isroillik yuqori martabali mulozim aytdi. 

«Bu biz emas edik», dedi ismi sir qolishni istagan amaldor. 

Ibrohim Raisiy 19 may oqshomida vertolyotning «favqulodda qo‘nishi» oqibatida halok bo‘ldi. Eronning Mehr agentligi ma’lum qilishicha, davlat rahbari «xizmat va Eron xalqi oldidagi burchini bajarayotib, baxtsiz hodisaga uchradi va shahid bo‘ldi». 

Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot Ozarboyjon chegarasi yaqinidagi o‘rmonli tog‘ga qulagan. Qayd etilishicha, falokatga ob-havo ham sabab bo‘lishi mumkin – Eron rasmiylari halokat joyini aniqlashga uringanida tuman, shamol va kuchli yomg‘ir to‘sqinlik qilganini ma’lum etgan.

Ko‘proq yangiliklar: