Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi - Guterrish

Jahon 22:56 / 18.05.2024 10750

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish fikriga ko‘ra, faqat Falastin davlatining tashkil etilishi Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi urushni to‘xtatadi. Aks holda G‘azo sektoridagi vaziyat Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarga ham tarqalishi mumkin.

«G‘azodagi urush ochiq yara bo‘lib, butun mintaqaga zarar yetkazish bilan tahdid qilmoqda. Zo‘ravonlik va beqarorlik sikliga barham berishning yagona barqaror yo‘li - Isroil va Falastin tinchlik va xavfsizlikda yonma-yon yashashi, Quddus har ikki davlatning poytaxti bo‘lgan ikki davlat haqidagi qarordir», deb yozdi Guterrish ijtimoiy tarmoqda.

Falastin 2011 yil sentabrida BMT to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirgan, ammo keyin Xavfsizlik Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.

2024 yil 4 aprelda Malta Falastinning BMT a’zosi bo‘lishi haqidagi arizasini ko‘rib chiqishni qayta boshlash haqidagi iltimosini qondirdi. 10 may kuni BMT Bosh Assambleyasi BMT Xavfsizlik Kengashiga Falastinni tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish masalasini ko‘rib chiqishni tavsiya etuvchi rezolyutsiya loyihasini kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: