Muzokaralar davomida Xitoy tomoni O‘zbekiston bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalarining o‘zaro almashinuvini faollashtirish, 2025 yil uchun qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish rejalarini ishlab chiqishga tayyorligini tasdiqladi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Guansi-Chjuan avtonom hududida o‘tkazilgan 2024 Guangxi International Agriculture Expo ko‘rgazmasida milliy stend tashkil etildi.
Ko‘rgazma doirasida Xitoyning 15 dan ortiq import bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va marketpleyslar bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksportini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.