Kecha, 17 may kuni O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shu munosabat bilan Telegram-kanalida post qoldirdi.
«Aloqalarimiz yildan yilga jadal tus olib, turli sohalarda rivojlanib bormoqda», deydi u.
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarini samarali qo‘llab-quvvatlamoqda.
«Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz», deya ma’lum qildi Saida Mirziyoyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand shahrida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.
«Ushbu tadbir do‘stona aloqalarimizning yangi sahifasini ochishi shubhasiz», deydi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi.