Namangan viloyati tog‘li hududlarida sel kelishi kuzatildi 

O‘zbekiston 07:35 / 18.05.2024 6304

Kecha, 17 may kuni Namangan viloyati hokimi — fuqaro muhofazasi boshlig‘i Shavkat Abdurazzoqov favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i va boshqa mutasaddilar ishtirokida mazkur hududda bo‘lib, seldan keyingi holat bilan tanishdi.   

Viloyat rahbari joylarni ko‘zdan kechirib, mas’ullarga suv-seldan talafot ko‘rgan joylar bo‘yicha tezkorlikda bajarilishi zarur bo‘lgan masalalarda topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari tinglanib, oziq-ovqatga ehtiyoj sezgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari ham topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: