Buxoro va Samarqandda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish fosh etildi
Buxoro viloyatining Qorako‘l, Samarqand viloyatining Past Darg‘om va Toyloq tumanlarida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti
Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan “Buxoro suv ta’minot” AJ filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.T. qurilishi tugallanmagan noturar bino obektida tijorat maqsadida ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 348,4 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Past Darg‘om va Toyloq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro Sh.B. Past Darg‘om tumani, “Qo‘qoni” MFYdagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida, Toyloq tumanida yashovchi fuqaro M.S. esa Sochak mahallasidagi novvoyxonada jami 141,7 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

19:30 / 04.03.2025
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

08:13 / 27.02.2025
1 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

10:12 / 22.02.2025