O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "Vengriya suv klasteri" konserni bosh ijrochi direktori Chaba Xarangi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Chaba Xarangi konsern O‘zbekistonda suvdan foydalanish sohasida qator loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida "Vengriya suv klasteri" rahbariyati va O‘zbekistonning tegishli idoralari vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
"Vengriya suv klasteri" 2008 yilda mahalliy sanoatdagi aloqalarni rivojlantirish va tashqi bozorlarga chiqish uchun suv xo‘jaligining turli sohalaridagi venger kompaniyalari guruhini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi kunda konsernning umumiy daromadi 150 million yevrodan oshgan. U 30 ga yaqin kompaniyani birlashtiradi.