Rossiyada huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya etildi

O‘zbekiston 10:35 / 17.05.2024 9563

Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining ma’muriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Migratsiya agentligi Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslikni tavsiya qildi.

Ko‘proq yangiliklar: