Premier electronics – maishiy texnikangiz mebelingizga mos bo‘lsin

O‘zbekiston 18:13 / 17.05.2024 1922

15–18 may kunlari Central Asian Expo markazida CAEx Mebel va Dekor xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri hisoblangan Premier brendi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazmada mebel va dekor sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar turli xil assortimentdagi oshxona mebellari, yotoqxona va mehmonxona mebellari, shuningdek, boshqa ko‘plab dekor elementlari bilan tanishish va xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ko‘rgazmada 50 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi. Shuningdek, ushbu ko‘rgazmada maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan Premier brendi yagona ishtirokchi bo‘ldi va eng ta’bi nozik mijozlarning ham talablariga mos keladigan maishiy texnika mahsulotlarini namoyish qila oldi.

“Faoliyatimizni televizor ishlab chiqarishdan boshlaganmiz. 2020-2021 yildan sovitkichlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Shu kungacha qariyb milliondan ortiq mijozlarni rozi qilishga erishdik. Buning ichida televizor, sovitkich, avtomat kir yuvish mashinalari, konditsionerlar va shunga o‘xshash ko‘plab maishiy texnika vositalari orqali har bir o‘zbek xonadoniga kirib bormoqdamiz.

Shu bilan birga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganimizdan keyin eksportni ham amalga oshiryapmiz. O‘tgan yili qariyb 3 mln dollarlik mahsulotni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya davlatlariga eksport qildik.

2023 yil avgustda davlat rahbari korxonamizga tashrif buyurib kelgusida kelajakdagi rejalarimiz bilan tanishdi. Loyihalarimiz ma’qul kelib, yangi quriladigan zavodimiz uchun Ohangaron hududidan 40 gektar maydon yerni taqsimlab berishga topshiriq berdi. Bu bizga juda katta motivatsiya bo‘ldi.

Bugungi mebellar ko‘rgazmasiga ancha tayyorlandik. Sababi mebel va maishiy texnika mahsulotlarining o‘zaro bog‘liqlik joyi bor. Ya’ni har bir yangi uy mebel va maishiy texnika bilan jihozlanadi. Shu sababdan mebel ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘zaro moslashtirgan holda iste’molchilarga taqdim qilishni maqsad qildik”, deydi savdo bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Komilov.

Premier Markaziy Osiyoda maishiy texnika va elektr jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini 2018 yilda televizorlar ishlab chiqarish bilan boshladi. Ayni paytda Premier mahsulotlarining assortimenti uyingiz uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Premier konditsionerlar, mikroto‘lqinli pechlar, gaz plitalar, televizorlar, muzlatkichlar, dudbo‘ronlar, avtomatik va yarim avtomatik kir yuvish mashinalari, moyli isitgichlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan yigirmadan ortiq turdagi maishiy va elektr jihozlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘zining Angren, Ohangaron shaharlaridagi zavodlarida barcha turdagi sifatli maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.

Premier dilerlik va servis-markazlari O‘zbekistonning 12 ta viloyatida faoliyat yuritadi.

Kompaniya barcha mahsulotlar uchun 3 yillik kafolat beradi. Servis-markazlar esa tezkor va ishonchli xizmatni taqdim etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotni ishlab chiqaruvchining www.premier.uz saytidan, shuningdek, "PREMIER" ning Telegram va Instagram'dagi rasmiy sahifalaridan hamda 71-200-41-00 raqamlaridan olishingiz mumkin.

"PREMIER" - hamyonbop texnika

 
Ko‘proq yangiliklar: