O‘zbekiston elchixonasida Xitoyning madaniyat va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda Beijing Yunchi International Consulting Co., Ltd. kompaniyasi bosh menejeri Van Deyan, Cultural and Educational Exchange Center of Beijing Yunchi International Consulting Co., Ltd., Diplomatic Service Bureau direktori Tsuy Tsin, Diplomatic Youth Program at Beijing Yunchi International Consulting Co., Ltd kompaniyasi direktori Lyu Syaotsin qatnashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston salohiyatini xitoylik yosh sayyohlar orasida keng targ‘ibot qilish masalalari xususida fikr almashildi.
Tadbir doirasida Xitoy sayyohlik va madaniy kompaniyalar vakillari bilan ikki mamlakat o‘quvchi yoshlarining qishki va yozgi ta’til mavsumini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ularga O‘zbekiston va Xitoyni yaqindan tanishtirish maqsadida ikki mamlakat bo‘ylab sayohatlar tashkil etishga kelishib olindi.
Xitoy vakillariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘quvchilarining o‘zaro sayohatlarini uyushtirish, ular o‘rtasida madaniy festivallar, forumlar o‘tkazish orqali yoshlarga o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashish, birgalikda qo‘shma loyihalar yaratishga imkoniyat beriladi.