O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi uchun berilgan arizalar va rad etishlar soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 13:43 / 17.05.2024 15039

2023 yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46 503 ta ariza topshirdi, deb xabar qildi Yevropa komissiyasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16,5 foiz holatda O‘zbekiston fuqarolariga rad javobi berilgan. Qabul qilingan arizalar soni 38 333 tani tashkil etadi.

2022 yilga nisbatan rad etishlar ulushi 0,4 foizga oshgan, biroq o‘shanda 39 509 ta ariza berilgan.

Umuman olganda, o‘tgan yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va unga aloqador Shengen davlatlari konsulliklariga qisqa muddatli vizalar uchun 10,3 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Bu 2022 yilga (7,5 million) nisbatan 37 foizga ko‘p, ammo 2019 yilgi pandemiyadan oldingi so‘rovlar sonidan (17 million) kam.

Ko‘proq yangiliklar: