«Haj-2024» mavsumida Uzbekistan Airways 15 mingdan ortiq ziyoratchini Madinaga yetkazadi 

O‘zbekiston 20:40 / 17.05.2024 2865

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda «Haj-2024» dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshiradi. 

23 maydan 7 iyunga qadar O‘zbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganchdan ziyoratchilar Madina shahriga yetkaziladi. 

Jiddadan O‘zbekistonga qaytuvchi parvozlar esa 22 iyundan 12 iyulga qadar bajarilishi rejalashtirilgan. 

Qayd qilinishicha, aviakompaniya 124 ta charter qatnovini amalga oshirish va 15 130 nafar ziyoratchini tashishi rejalashtirilgan. Barcha aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi. 

Ta’kidlanishicha, respublika aeroportlarida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yo‘lovchilar issiq nonushta bilan ta’minlanadi. Parvoz davomida esa O‘zbekiston Musulmonlari idorasi talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan maxsus taomlar tarqatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: