Farg‘ona vodiysini boshqa shaharlar bilan bog‘laydigan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 22:08 / 17.05.2024 3471

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ iyun oyidan Farg‘ona vodiysini boshqa shaharlar bilan bog‘laydigan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.

Jumladan, 3 iyun kunidan boshlab 129/130-sonli «Andijon – Termiz – Andijon» yo‘nalishida haftaning dushanba va seshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi. 

Shuningdek, 3 iyun kunidan boshlab 94/92-sonli «Toshkent – Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon – Toshkent» yo‘nalishida haftaning dushanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi. 

Bundan tashqari, 6 iyun kunidan boshlab 128/127-sonli «Andijon – Namangan – Samarqand – Buxoro – Qo‘ng‘irot – Andijon» yo‘nalishida haftaning payshanba va shanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi.

Ko‘proq yangiliklar: