Tramp ma’muriyatining sobiq mansabdorlari guruhi hamda immigratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassislar guruhi farmonlar va boshqa hujjatlar loyihasini tayyorlagna kirishgan.
The Washington Post nashrining yozishicha, Donald Tramp Jo Baydenning immigratsion dasturini bekor qilmoqchi va o‘zining so‘zlariga ko‘ra, AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy deportatsiya uchun asoslar yaratmoqchi.
Qo‘yiladigan qadamlar ichida xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqishni tezlashtirish va yuz minglab migrantlarni deportatsiya qilinishdan himoyasini bekor qilish kabi masalalar bor. Shuningdek, Tramp ma’muriyati butun dunyodagi davlatlarni deportatsiya qilingan o‘z fuqarolarini qabul qilishga majburlash niyatida.
Joriy yilning fevral oyida Vashingtonda o‘tgan har yillik konservativ siyosiy yechimlar konferensiyachida chiqish qilar ekan, Tramp «bu mamlakatimiz tarixida eng yirik deportatsiya bo‘ladi, bizda boshqa iloj yo‘q», degan edi
Siyosatchi noqonuniy migratsiyani «mamlakat uchun tahdid», deb baholagan.
«Bilaman, bu yaxshi emas, men bu gaplarni gapirishni juda yomon ko‘raman, OAVdagi masxarabozlar ham «O, u juda shafqatsiz», deb yozishadi hali. Yo‘q, yo‘q! Ular (noqonuniy kirib kelgan migrantlar) odamlarimizni o‘ldirishmoqda, bizning davlatimizni o‘ldirishmo»da, degan edi Tramp o‘shanda.
Uning talqiniga ko‘ra, migrantlar «bu mamlakatda hech kim eshitmagan» tillarda so‘zlashishadi.
Garchi avvalroq Tramp migrantlar mamlakat «qonini buzayotgani» haqidagi bayonotlaridan so‘ng qattiq tanqidlar ostiga olingan bo‘lsa-da, aksilmigratsion ohang Donald Tramp saylovoldi kampaniyasining bosh shioriga aylanib ulgurgan va u saylovlarda bu chaqiriqlar tarozi pallasini uning foydasiga og‘dirishi ehtimoli katta.