Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 16 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Manzillar:
- Mirobod tumani: «Yangi Mirobod» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani: «Boysun» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumani: «Musaffo» hamda «Abay» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.