Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 foizga oshgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar reytingida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi — 559,1 ming nafar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Tojikiston — 260,8 ming nafar;
- Qozog‘iston — 184,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;
- Rossiya — 50,3 ming nafar;
- BAA — 38,5 ming nafar;
- Turkiya — 34,4 ming nafar;
- Kuvayt — 13,8 ming nafar;
- Misr — 8,2 ming nafar;
- Tailand — 6,2 ming nafar;
- boshqalar — 37,1 ming nafar.