10 may kuni kechqurun Yerda kuchli geomagnit bo‘roni boshlandi. Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) Ob-havo prognozlari kosmik markazi olimlari ushbu hodisa intensivligi eng yuqori darajaga (G5) chiqishini taxmin qilishgan. Yerda magnit bo‘roni bunday kuchli darajada bo‘lishi so‘nggi bor 2003 yil oktyabrida kuzatilgan. Olimlar Yerning quyi orbitasida va Yer yuzasida apparatura faoliyatida uzilishlar ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirgan. Ayniqsa, aloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya — xususan, GPS-priborlar, energiya tizimi obektlari, kosmik kemalar va sun’iy yo‘ldosh navigatsiyalari ta’sirga uchrashi ehtimoli yuqori. Magnit bo‘ronining yana bir oqibati shimoliy va janubiy yarimsharda kuchli yog‘dular hosil bo‘lishidir. Uni dam olish kunlari dunyoning turli chekkalarida kuzatish mumkin bo‘lmoqda.