NASA raketalari qutb yog‘dusi fonida antiqa “mushakbozlik” uyushtirdi (video)

NASA koinot agentligining 6 aprelga o‘tar kechasi Norvegiyada o‘tkazgan tajribasi mamlakat shimoli aholisiga qutb yog‘dusi fonida antiqa “mushakbozlik”ni kuzatish imkonini berdi.
N+1 nashrining yozishicha, NASA AZURE loyihasi doirasida Andoya koinot markazi hududidan ikkita geofizik raketaning uchirilishi natijasida osmonda qisqa vaqtga yorqin yashil-ko‘k dog‘lar paydo bo‘lgan. Bu raketalar osmonda trimetilalyuminiy, bariy va stronsiy zarralarini purkagan va aynan shu holat antiqa yorug‘lanishning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
AZURE tajribasi ionosferada quvvatlangan zarralarni o‘rganish uchun ishga tushirilgan.
Mavzuga oid

18:13 / 02.03.2025
Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi

14:06 / 27.02.2025
NASA missiyasi doirasida Oyga qo‘nish moduli uchirildi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

17:07 / 19.02.2025