Toshkent viloyatining Qibray tumanida kompyuter tarmog‘i muhandisi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyrug‘ida ma’lum qilingan.
Hujjatda keltirilishicha, hodisa 2024 yil 1 may kuni soat 17:20 larda sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan kompyuter tarmog‘i muhandisi Sardorbek Madaminov Qibray tumani Universitet va Salar chorrahasida ishlayotib, tok urishi oqibatida vafot etgan. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan.
Hozirda mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun komissiya tuzilgan.
Oldinroq Toshkent viloyatining 6 ta, jumladan Qibray tumaniga ham yangi radarlar o‘rnatilishi xabar qilingandi.