Rossiyadagi yana bir neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Jahon 09:01 / 10.05.2024 2610

10 may, jumaga o‘tar kechasi dronlar Rossiyadagi yana bir neftni qayta ishlash zavodiga – bu safar Kaluga viloyatidagi korxonaga hujum qildi. Bu haqda Rossiyaning bir qancha Telegram-kanallari mahalliy aholi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Xabarlarda aytilishicha, Kaluga yaqinidagi «Pervyy zavod» neftni qayta ishlash zavodi hududida portlashlar eshitilgan. 

«Tungi soat birlarda «Polotnyaniy zavod» stansiyasidan uncha uzoq bo‘lmagan Dzerjinskiy tumanida bir nechta kuchli portlashlar eshitildi, aholining so‘zlariga ko‘ra, bungacha bir nechta uchuvchisiz uchuvchi apparatlarning xarakterli tovushlari yangragan, shundan so‘ng mahalliy neft ombori hududida yong‘in va tutun ko‘ringan», - deb yozadi Shot. «Zavod xodimlari tungi soat 12 larda zavoddan evakuatsiya qilindi», - deya aniqlik kiritdi Astra.

Ayni damda mintaqa rasmiylari va Rossiya Mudofaa vazirligidan qurbonlar va talafotlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Mahalliy aholi tomonidan olingan videolarga qaraganda, neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in ancha katta xarakterga ega. 

Boshqirdistondagi neft-kimyo zavodiga uchuvchisiz uchoq hujum qildi 

9 may kuni tushdan keyin Boshqirdiston Respublikasining Salavat shahridagi «Gazprom neftexim Salavat» neft-kimyo zavodiga dron hujum qildi, dedi mintaqa rahbari Radiy Xabirov. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. «Bu bayramimizni obro‘sizlantirishga urinish, biz provokatsiyalarga berilmoqchi emasmiz», dedi Xabirov va zavod odatdagidek ishlashda davom etayotganini qo‘shimcha qildi. 

Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar

Bahor boshidan beri Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar kuchaydi. Xususan, 12 mart kuni Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri – Nijniy Novgorod zavodida yong‘in sodir bo‘ldi, 13 mart kuni esa UUA Ryazan neft zavodi va Rostov-Don yaqinidagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. 16 mart kuni dronlar Samara viloyatidagi ikkita neftni qayta ishlash zavodiga hujum amalga oshirdi. 

17 martga o‘tar kechasi dronlar Slavyansk-Kuban shahridagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilishga uringan. 27 aprel kuni Slavyansk neftni qayta ishlash zavodiga yangi hujum uyushtirildi. 1 mayga o‘tar kechasi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasidagi («GUR») «Ukrainskaya pravda» manbasiga ko‘ra, UUA Rossiya Federatsiyasining Ryazan va Voronej viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba bergan. 9 mayga o‘tar kechasi esa Ukraina dronlari Anapadan 35 km uzoqlikdagi Yurovka qishlog‘idagi neft omboriga hujum qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: