Energetika bozorini tartibga solish agentligining asosiy vazifalari belgilandi

O‘zbekiston 09:56 / 10.05.2024 1931

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • agentlikning huquqlari va javobgarligi;
  • agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;
  • agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish.

Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini  bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;
  • bozorda raqobatni qo‘llab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;
  • bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish;
  • bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat etish;
  • 2026 yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur bo‘lgan boshqa xollarda tegishli tariflar va to‘lovlar miqdorlarini tasdiqlash;
  • magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarning ruxsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar.
Ko‘proq yangiliklar: