Parijda Navalniy ko‘chasi paydo bo‘ladi

Jahon 08:21 / 09.05.2024 1300

Rossiya elchixonasi joylashgan Parijning 16-okrugi deputatlari tumandagi ko‘chalardan biriga Aleksey Navalniy nomini berish taklifini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda ularning o‘zi 7 may kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi

Marhum rossiyalik muxolifatchi nomi 16-okrugdagi qaysi ko‘chaga berilishi haqida ma’lumot taqdim etilmagan. Dastlab senator Frensis Spinerning taklifi Shantmes shohko‘chasiga tegishli edi. U Rossiya diplomatik vakolatxonasi joylashgan Lan shohko‘chasi bilan kesishadi. Shu ikki shohko‘chaning bir chekkasida Spiner Navalniy xotirasiga art-obekt o‘rnatishni ham taklif qildi. 

Biroq, taklifni tezroq qabul qilish uchun ovoz berishdan oldin uning matniga tuzatishlar kiritildi, dedi deputatlardan biri Jyuli Boyo ijtimoiy tarmoqda. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar Shantmes shohko‘chasining nomini o‘zgartirish g‘oyasidan voz kechmagan. «Asosiysi, biz A.Navalniy xotirasini hurmat qilamiz», - dedi Boyo. 

Berlinda ham ko‘chalardan biriga Navalniy nomi berilishi mumkin

Rossiyalik muxolifatchining Yamal koloniyasida vafot etgani haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay, Germaniyaning ikkita jamoat tashkiloti - Demokrati-JA («Demokratiyaga «Ha») tashabbusi va Zukunft Berlin («Berlin kelajagi») jamg‘armasi Germaniya poytaxtidagi ko‘chalardan birini Aleksey Navalniy sharafiga qayta nomlash taklifi bilan chiqdi. 

Shu maqsadda, xususan, Berlin markazida Rossiya konsulligi joylashgan Berenshtrasse (Behrenstrasse) ko‘chasining bir qismi taklif qilinmoqda. 17 aprel kuni Yuliya Navalnaya va Mixail Xodorkovskiy ishtirok etgan urushga qarshi mitingda faollar u yerda Aleksej-Nawalny-Straße («Aleksey Navalniy ko‘chasi») yozuvi tushirilgan qo‘lbola belgi o‘rnatdilar.

Hamburg, Haaga, Vilnyus va Yevropaning boshqa shaharlaridagi ko‘chalarga Navalniy nomini berish takliflari ham bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: