O‘zbekistonda dala chetlarida ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga yetkaziladi

O‘zbekiston 08:52 / 09.05.2024 1382

“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027 yillar davomida:

  • tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
  • respublikada ipak qurti urug‘iga bo‘lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;
  • respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.

Prezident farmonida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni E-auksion elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang‘ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: