Ukrainada urushning 805-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukraina energetika obektlari bo‘ylab navbatdagi marta yopirilma zarbalar yo‘lladi.
- Ukrainlarning Luhanskdagi neft bazasiga yo‘llagan zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi.
- EUobserver: YeI sanksiyalarining yangi paketida Yevropadagi siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari Rossiya tomonidan moliyalashtirilishiga taqiqni ham o‘z ichiga oladi.
- Polshalik chegarachilar armiyadan qochgan rossiyalik harbiy ushlangani haqida xabar berishdi.
- Corriere della Sera: NATO deklaratsiyasiga Ukrainaga qo‘shin yuborishdan bosh tortish to‘g‘risida band kiritish rejalashtirilmoqda.
- Litva bosh vaziri harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan ukrainlarga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berish rad etilishi mumkinligini ma’lum qildi.
- Oliy rada ikkinchi o‘qishda mahbuslarga Ukraina armiyasida xizmat qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Kun kadri. Luhanskdagi neft bazada yong‘in
Ukrain qo‘shini 8 mayga o‘tar kechasi Luhanskdagi neft bazaga zarba yo‘lladi. Rossiya FVV xabariga ko‘ra, yong‘in Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga kelib o‘chirilgan. O‘zini o‘zi e’lon qilgan LXR rasmiylari neft baza bo‘ylab zarba vaqtida turar joylar, gaz quvuri va elektr uzatish liniyasi shikastlangani, korxonaning besh nafar xodimi yaralangani haqida xabar bergan. RF Tergov qo‘mitasi «Donetsk va Luhansk xalq respublikalari tinch aholisiga nisbatan navbatdagi jinoyat» tekshirilishini ma’lum qilgan. Luhansk oblastining Ukraina nazoratidagi qismi harbiy ma’muriyati rahbari hisoblangan Artyom Lisogorning ma’lum qilishicha, neft bazadagi yong‘in oqibatida «shaharda va uning atrofida yonilg‘i taqchilligi yuzaga kelgan». Lisogor o‘z telegram-kanalida LXRdagilar yonilg‘i yetkazib berish bo‘yicha logistik muammoni hal qilish yo‘llarini topa olmayotgani, Luhanskda bo‘lgan zaxiralar rossiyalik harbiylarga berib yuborilganini aytgan.
Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari
Donetsk oblastida Rossiya qo‘shini yurish qilishga harakat qilmoqda. Donbassni boshqalar qatori 148-alohida artilleriya brigadasi ham himoya qilmoqda. Quyida uning jangchilari bo‘linmaning Facebook sahifasida o‘z xizmati haqida aytib bergan gaplar keltiriladi.
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya qo‘shini muntazam ravishda Zaporijjya oblasti bo‘ylab zarbalar bermoqda. Zaporijjya 8 may kuni o‘qqa tutilishi oqibatida shaharning to‘rt rayonidagi binolar, jumladan 15 ta turar joy, uchta o‘quv muassasasi, ichida avtomobillar bo‘lgan garajlar kompleksi shikastlangan, deb xabar beradi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov.
Kiyevda ukrain harbiylari uchun maskirovka to‘rlari tayyorlayotgan ko‘ngillilar
RF qo‘shinlarining keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukraina aholisi vakillari turli yo‘llar bilan frontdagi jangchilarga yordam bermoqda, jumladan ular uchun pozitsiyalarini yoki texnikalarni raqib razvedkasidan yashirish uchun maskirovka to‘rlari to‘qimoqda. Jang maydonidagi turli sharoitlar uchun turli ranglar sxemasidan foydalaniladi. Ko‘ngillilar jangchilar uchun individual maskirovkalar ham tayyorlashadi. Maskirovka to‘rlari tayyorlanishi aks etgan quyidagi fotosuratlar 8 may kuni Kiyevda olingan.