O‘zbekistonda «Toshkent mozaikalari» maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi

O‘zbekiston 11:02 / 07.05.2024 2470

O‘zbekistonda "Toshkent mozaikalari" maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi.

Uzbektourism.uz ma’lumotiga ko‘ra, ilova foydalanuvchilarga "Kaleydoskop" funksiyasi va kengaytirilgan reallik bilan to‘ldirilgan AR filtrlari yordamida Toshkentdagi modernizm dizayni asosida barpo etilgan obektlar mozaikalari bilan tanishish imkonini beradi.

Funksiyadan smartfon kamerasini joyida obektga yo‘naltirish orqali foydalanish mumkin.

"Toshkent mozaikalari" onlayn katalogida 334 mozaika haqida fotosuratlar, joylashgan joyi va ular haqidagi ma’lumotlar mavjud.

Bugun mozaikalar Toshkentning rasman madaniy meros obekti sifatida tan olingan. Ilovaning ishga tushirilishi O‘zbekistonda sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, shuningdek, mamlakat aholisi va sayyohlar uchun mozaikani saqlab qolishga yordam beradi.

Ilovani Google Play, App Store, AppGallery platformalari orqali yuklab olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: