Toshkentda yana bir mozaikali binodan reklama bannerlari olib tashlandi
Toshkent shahri Beruniy-1 massivida joylashgan mozaikali binodan reklama bannerlari demontaj qilindi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabariga ko‘ra, mozaika va pannolardan reklama bannerlarini olib tashlash bo‘yicha ishlar shahar hokimligi va Payme tizimi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Mart oyi oxirlarida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlardagi 160 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Shu qaror bilan mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlangan.
Mavzuga oid

13:51 / 08.06.2024
Toshkentda turar joy binolaridagi barcha mozaikalardan reklama bannerlari olib tashlandi

18:07 / 06.04.2024
Toshkentda mozaikani to‘sib turgan reklama banneri olib tashlandi

09:15 / 27.03.2024
Binolardagi mozaikalar madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritildi

15:38 / 30.12.2023