OPeK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 08:33 / 06.05.2024 2697

OPeK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 million dollar ajratadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda OPeK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid al-Xalifa uzoq muddatli hamkorlikni muhokama qildi va xususiy sektorni davlat banklarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekistonda “Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida 20 million dollar miqdoridagi bitim imzolandi.

Ushbu loyiha prezident tomonidan tasdiqlangan “2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsadlarga erishish borasidagi sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘ldi. Loyiha xususiy sektorga maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkonini beradi.

Loyiha bir qator yangi maktabgacha ta’lim muassasalar qurish va modernizatsiya qilish, shu bilan birga ularda bolalar uchun o‘rinlar sonini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: