Namanganda soxta dollar sotayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat 12:37 / 05.05.2024 2739

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, uning Chust tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro J.F. fuqaro N.Z.ga qalbaki 1 650 dollarni haqiqiy 1 000 dollarga sotgan vaqtida ushlangan. Undan 33 dona 50 dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: