Saarlend va Baden-Vyurtemberg federal yerlarida yashovchi rus millatiga mansub ikki nemis tadbirkori 3 may, juma kuni Shtutgart Oliy sudi oldida Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar uchun elektron komponentlarni noqonuniy yetkazib berish bo‘yicha javob berdi. Ayblov xulosasiga ko‘ra, yetkazib berilgan qismlar, jumladan transmitterlar va mikrosxemalar Rossiya Federatsiyasiga qarshi Yevropa Ittifoqi embargosiga tortiladi.
Federal prokuratura vakili so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchilarning rossiyalik buyurtmachisi Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan harbiy amaliyotlar paytida foydalanilgan va Ukrainani o‘qqa tutish paytida Rossiya hujumlari halokatliligi uchun «alohida ahamiyatga ega» bo‘lgan «Orlan-10» dronini o‘z ichiga olgan harbiy texnikani ishlab chiqargan.
Ayblanuvchi Rossiyaga sanksiyalangan tovarlarni 50 martadan ortiq yetkazib bergan
Federal prokuror asosiy ayblanuvchini Rossiya Federatsiyasiga elementlarni yetkazib berish bo‘yicha 54 ta holatda sanksiyalarni chetlab o‘tishda aybladi, deya aniqlik kiritdi dpa. Prokurorlarga ko‘ra, hujjatda Valdemar V. deb ko‘rsatilgan 59 yoshli Saarland fuqarosi Amerika tovarlar yetkazib beruvchilarini butlovchi qismlar Germaniyada qolishini aytib, aldagan, biroq keyin ularni Rossiyaga yetkazib bergan.
Dastlab, ular «fuqarolik kompaniyalari»ga kelgan, keyin ular harbiylarga topshirilgan. Sud majlisida, shuningdek, bunday yetkazib berish bo‘yicha 14 ta holatda ayblanuvchiga Karlsrue chekkasida yashovchi 53 yoshli tadbirkor ayol Natali S. yordam berib, tovarlarning joylashgan joyi haqida yolg‘on deklaratsiyalar taqdim etgani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan va sanksiyalar kuchaytirilganidan so‘ng, yetkazib berish Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hongkong, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi oluvchilar orqali amalga oshirilgan.
Ayblanuvchi tinchlik tarafdori ekanini aytdi
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Valdemar V. noqonuniy yetkazib berishdan jami taxminan 875 ming yevro ishlab topgan. Ayblanuvchi juma kuni bu miqdorni bilmasligini aytdi. Tadbirkor advokatining aytishicha, uning mijozi va ish bo‘yicha ikkinchi ayblanuvchi keyingi sud majlislari birida ayblovlarga yozma javob beradi.
Valdemar V.ning o‘zi sud jarayoni birinchi kunida federal prokuror tomonidan qo‘yilgan ayblovlarga izoh bermadi. Biroq tarjimayi holi haqidagi bayonotida u uzoq yillar tinchlik tarafdori bo‘lganini ta’kidladi. «Men urushga qarshiman va bu jinnilikda ishtirok etishni xohlamayman», dedi u.
Rossiyaga Germaniyadan yetkazib beruvchilar bilan bog‘liq jarayon - yagona holat emas
Biznesmen Valdemar V. 2023 yilning martidan beri Mannxaymdagi sud tomonidan chiqarilgan order asosida hibsda saqlanmoqda. Uning alohida ahamiyati tufayli ish federal prokuraturaga topshirildi, u 2023 yil 28 avgustda hibsga olish muddatini uzaytirishga qaror qildi. Tadbirkorning sherigi Natali S. 2023 yil 9 martdan beri hibsda edi, biroq may oyi oxirida uni hibsga olish haqidagi order vaqtinchalik to‘xtatildi.
Dpa agentligining aniqlik kiritishicha, bu - Rossiya sanksiyalarini chetlab o‘tishda ayblanayotganlarga qarshi birinchi jarayon emas. Ayni paytda Shtutgartda Rossiya qurol ishlab chiqaruvchilariga dastgohlar yetkazib beruvchiga qarshi navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari, yaqinda Kyoln sudi sanksiyalarni chetlab o‘tib, Rossiyaga hashamatli avtomobillarni sotgan avtomobil sotuvchisini shartli jazoga hukm qildi.