Rossiya harbiylari Nigerdagi AQSh bazasiga joylashtirildi 

Jahon 08:02 / 03.05.2024 8155

Rossiya qo‘shinlari Niger poytaxti Niameydagi AQSh aviabazasiga kirdi, deb xabar berdi payshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi Reuters agentligiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Amani Diori xalqaro aeroporti yonida joylashgan AQSh harbiy-havo kuchlari bazasi haqida ketmoqda. Amerika harbiy xizmatchilari hali ham uning hududida qolmoqda. 

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Nigerdan mingdan ortiq kishilik harbiy kontingentini to‘liq olib chiqishga rozi bo‘lgan edi. The New York Times gazetasiga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari G‘arbiy Afrika mamlakatini «yaqin oylarda» tark etishi mumkin. 

Nigerda harbiy xuntaning hokimiyatga kelishi va Rossiya bilan yaqinlashuv

2023 yilda Nigerda harbiy xunta hokimiyatni egallab oldi. Moskva aloqadorlikda gumon qilinayotgan davlat to‘ntarishidan oldin Niger AQSh, Fransiya va Germaniya kabi G‘arb davlatlarining G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi jangarilarga qarshi kurashdagi eng muhim hamkorlaridan biri bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida mamlakat IShID va «Al-Qoida» bilan aloqador turli guruhlar hujumiga uchragan. 

2023 yil yanvar oyida Niger Mali va Burkina-Faso bilan birgalikda G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati - EKOVAS mintaqaviy alyansidan chiqdi, uning asosiy maqsadi G‘arbiy Afrikada mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash edi. Shundan so‘ng, Niger hukumati AQSh va Fransiya bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatayotganini rasman e’lon qildi, shuningdek, o‘z harbiy xarajatlari endi nazorat qilinmaydigan farmon chiqardi. 

Mutaxassislarning fikricha, Nigerning Vashington bilan munosabatlari uzilishi va harbiy xarajatlar ustidan nazorat bekor qilinishi Rossiya bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv dastlabki sharti bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: