“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 1 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Hududlar:
- Bektemir tumani: “Iyk ota” hamda “Gulbog‘” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
- Uchtepa tumani: 18-sonli Avtosaroy va “Nayman”, “O‘rikzor”, “Sakkokiy”, “Ko‘rkamobod”, “Sharof”, “Taqachi” hamda “Beshqayrag‘och” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.