O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalardan soliq tushumi oshdi

Iqtisodiyot 23:36 / 30.04.2024 4119

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 57 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yil yanvar-mart oylarida 23,6 mlrd so‘m soliq to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. Qayd qilinishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘p. 

To‘langan soliqlarning 96,5 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

- Meta - 8,9 mlrd so‘m;

- Google - 6,5 mlrd so‘m;

- Apple - 4,5 mlrd so‘m;

- Booking.com - 776,8 mln so‘m;

- Amazon - 549,4 mln so‘m;

- Acca - 337,3 mln so‘m;

- Zoom - 333,3 mln so‘m;

- Netflix - 324,7 mln so‘m

- Yandex - 212,1 mln so‘m;

- Xsolla - 193,4 mln so‘m. 

Ta’kidlanishicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari har chorakda soliq hisobotlarini taqdim etishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: